Sovg'a qadoqlash — bepul · O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish
Soulmate — a hug you can wear

Ko'p beriladigan savollar

Javob topmadingizmi? Telegram yoki Instagram orqali yozing — tez javob beramiz.

Kashta tikilgan kiyimlarni qanday yuvish va parvarish qilish kerak?

Kiyimni teskari tomonidan 30–40°C da, yumshoq rejimda yuving. Kashta ustidan to'g'ridan-to'g'ri dazmollamang — teskari tomondan yoki mato orqali dazmollang.

Toshkent ichida va viloyatlarga yetkazib berish bormi?

Ha. Toshkent ichida kuryer orqali, boshqa viloyatlarga pochta yoki BTS orqali yetkazamiz.

Buyurtma tayyorlash muddati qancha?

Odatda 2–5 kun. Korporativ va katta buyurtmalar muddati alohida kelishiladi.

Kashta pechat/printdan nimasi bilan farq qiladi va qanchalik chidamli?

Kashta ip bilan tikiladi, shuning uchun yuvishda o'chmaydi va yorilmaydi — print'dan ancha chidamli va premium ko'rinadi.

Tayyor kiyimga kashta tushirib berasizlarmi yoki kiyim siz tomondan bo'ladimi?

Ikkalasi ham mumkin: bizdagi kiyimni tanlang yoki o'zingiznikini olib keling.

Kashta uchun dizaynni qanday topshirishim kerak?

Logotip yoki rasmni PNG, JPG yoki vektor (AI, EPS, PDF) formatida yuboring. Tayyor fayl bo'lmasa — dizaynerimiz yordam beradi.

Buyurtma berish uchun minimal cheklov bormi?

Yo'q. Hatto 1 dona buyurtma ham qabul qilamiz.