Hikoyangizni
kiying.
A hug you can wear — yaqiningiz uchun qo'lda tikilgan kashta.
Futbolka, xudi, svitshot va o'zingizning kiyimlaringizga buyurtma asosida kashta tikamiz. Buyurtma 2–5 kunda tayyor, sovg'a qadoqlash — bepul.

Eng ko'p sevilganlar
Nimaga tikamiz?

“Har bir chok — kimgadir aytilmagan so'z.”
Ism, sana yoki rasm — biz uni ipga aylantiramiz.
Tayyor dizaynlardan birini tanlang yoki o'z rasmingizni yuklang. Rang, joylashuv va hajmni konstruktorda ko'ring — narx darhol hisoblanadi.
- 01TanlangFutbolka, xudi, svitshot yoki o'z kiyimingiz
- 02MoslangDizayn, ip rangi, joy va matn
- 03BuyurtmaSavat → telefon raqam → tasdiq
- 04Qabul qiling2–5 kunda, sovg'a qadog'ida
Works






Ular allaqachon kiyishmoqda
“Yigitimga tug'ilgan kuniga juftlik xudi buyurtma qildim. Kashta juda chiroyli, qadog'i ham ajoyib — haqiqiy Soulmate'lar uchun!”
“Oversayz futbolkaga kashta tikdirdim. Mato sifati yaxshi, chok toza, yuvilgandan keyin ham buzilmadi.”
“Kompaniyamiz xodimlari uchun brendlangan xudi buyurtma qilgandik. Logotip juda aniq chiqdi, muddatida topshirishdi.”
Ko'p beriladigan savollar
Javob topmadingizmi? Telegram yoki Instagram orqali yozing — tez javob beramiz.
Kashta tikilgan kiyimlarni qanday yuvish va parvarish qilish kerak?
Kiyimni teskari tomonidan 30–40°C da, yumshoq rejimda yuving. Kashta ustidan to'g'ridan-to'g'ri dazmollamang — teskari tomondan yoki mato orqali dazmollang.
Toshkent ichida va viloyatlarga yetkazib berish bormi?
Ha. Toshkent ichida kuryer orqali, boshqa viloyatlarga pochta yoki BTS orqali yetkazamiz.
Buyurtma tayyorlash muddati qancha?
Odatda 2–5 kun. Korporativ va katta buyurtmalar muddati alohida kelishiladi.
Kashta pechat/printdan nimasi bilan farq qiladi va qanchalik chidamli?
Kashta ip bilan tikiladi, shuning uchun yuvishda o'chmaydi va yorilmaydi — print'dan ancha chidamli va premium ko'rinadi.
Tayyor kiyimga kashta tushirib berasizlarmi yoki kiyim siz tomondan bo'ladimi?
Ikkalasi ham mumkin: bizdagi kiyimni tanlang yoki o'zingiznikini olib keling.
Kashta uchun dizaynni qanday topshirishim kerak?
Logotip yoki rasmni PNG, JPG yoki vektor (AI, EPS, PDF) formatida yuboring. Tayyor fayl bo'lmasa — dizaynerimiz yordam beradi.
Buyurtma berish uchun minimal cheklov bormi?
Yo'q. Hatto 1 dona buyurtma ham qabul qilamiz.
@soulmatewear.uz
Yangi dizaynlar birinchi bo'lib
Yangi kolleksiyalar va aksiyalar haqida xabar beramiz. Spam yo'q.






